AsosiyDunyo

Bir yarim yoshli qizcha onasini “qor ko`chkisi”dan qutqardi (Video)

'Bir yarim yoshli qizcha onasini “qor ko`chkisi”dan qutqardi (Video)'ning rasmi

Rossiyaning Murmansk viloyatida bir yarim yoshli qizcha va ikki ayol to`rt qavatli uyning tomidan ko`chgan qor ostida qolishdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur video Rossiya Federasiyasining Tergov qo`mitasi Telegram kanaliga joylashtirildi.

Kadrda bino eshigi oldida turgan ikki ayolni ko`rish mumkin. Ulardan birining qo`lini ushlab turgan bir yarim yoshli qizcha xuddi qor ko`chishini sezganday, onasini chekkaga sudragan. Ayol sherigiga gapirgan holda ortga chekingan mahal tomdan qor ko`chib, ayollarni bosib qolgan.

Mazkur fakt bo`yicha Rossiya tergov qo`mitasi surushtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisadan keyin ona va bola kasalxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ularning hayoti xavf ostida emasligi ma`lum qilindi.


Boshqa yangiliklar