AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo`ldi

'Shavkat Mirziyoev Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentimiz o`tgan yil 28 mart kuni mazkur viloyatga tashrif buyurib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni ishlar bilan tanishgan edi.

Oradan o`tgan bir yil davomida viloyatda ulkan ishlar amalga oshirildi. Ijro jarayoni davlat rahbarining shaxsiy nazoratida.

Prezidentimizning bu safargi tashrifi ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Davlat rahbari dastlab, Karmana tumanidagi «Karmana golden eggs» mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo`ldi, deb xabar berdi O`zA. Uni tashkil qilish bo`yicha loyiha o`tgan yil mart oyida Prezidentga taqdim qilingan edi.

Oradan o`tgan vaqt davomida birinchi bosqichdagi ishlar boshlandi. 90 kunda jo`ja etishtirishga mo`ljallangan parrandachilik kompleksida ellik ish o`rni yaratildi. Majmuada jo`ja 90 kun davomida parvarishlanib, tuxim beradigan tovuq holida sotuvga chiqariladi.

O`zAning yozishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev loyiha tashabbuskori bilan kelajak rejalari haqida suhbatlashdi. Ma`lum qilinganidek, 2019 yilda inkubasiya, tuxim etishtirish komplekslarini ishga tushirish mo`ljallangan. Olinadigan mahsulotning 30 foizi eksportga chiqariladi, 100 kishining bandligi ta`minlanadi.

— Parrandachilik bo`yicha tizim yaratilibdi, — dedi Prezident. — Endi bu erda tuxim etishtirish va uni eksportga chiqarishni yo`lga qo`yish lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar