AsosiySport

O`zbekiston “Futbol do`stlik uchun” loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

'O`zbekiston “Futbol do`stlik uchun” loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi'ning rasmi

FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy hamkori bo`lgan “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini e`lon qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi dunyo yoshlari o`rtasida do`stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ`ib qilishdan iborat.

2018 yilda “Futbol do`stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. Mavsumning yakuniy tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida bo`lib o`tadi.

Ochiq qur`a tashlash marosimida 32 xalqaro do`stlik terma jamoasining tarkibi, shuningdek, ishtirokchilarning o`yin pozisiyalari aniqlandi. Jamoalar “Futbol do`stlik uchun” tamoyiliga ko`ra tuzilib, ularning har birida turli millat va jinsdagi, turfa xil jismoniy imkoniyatga ega sportchilar qatnashadi. O`yinchilar 12 yoshda. Jamoalarni turli mamlakatlardan kelgan 14-16 yoshdagi murabbiylar shug`ullantiradi. Tadbirlarni butun dunyodagi 5000 dan ortiq OAV yoritib boradi.

Shuningdek, “Futbol do`stlik uchun” loyihasining Xalqaro bolalar matbuot markazida 211 ta davlatdan kelgan 12 yashar jurnalistlar musobaqalar haqida xabarlar tayyorlab boradi. Qur`aga ko`ra, bu yil O`zbekistondan mazkur loyihada yana darvozabon ishtirok etadigan bo`ldi. Bu o`ringa nomzodlar O`zbekiston futbol federasiyasining tanlovidan o`tadi.

“Futbol do`stlik uchun” loyihasining final bosqichi doirasida bu yil Moskvada: Xalqaro do`stlik lageri, jahon va Rossiya futboli yulduzlari ishtirokida Xalqaro Bolalar futbol forumi ham tashkil etiladi.

“Biz FIFAning rasmiy hamkori bo`lgan “Gazprom” kompaniyasining ajoyib tashabbusini mamnuniyat bilan qabul qildik, – deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura. – Mazkur forum turli mamlakatlardan kelgan bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. FIFA bunday loyihalarni hamisha qo`llab-quvvatlaydi”.

    Boshqa yangiliklar