Ukrainada o`z joniga qasd qilgan turkmanistonlik talaba ta`lim olgan oliy o`quv dargohi rahbariyatiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Kiev prokuraturasi Bogomols nomli milliy Tibbiyot universiteti talabasi bo`lmish 19 yoshli turkmanistonlik o`zbek qizi Muqaddas Nasirlaevaning o`z joniga qasd qilish fakti bo`yicha jinoiy ish ochdi.
Qiz oilasining advokati bergan ma`lumotga ko`ra, vaqtincha yashash muddatini uzaytirish borasida ariza berish oliy o`quv yurti tomonidan rad etilgach, talaba Kievdagi ko`prikdan o`zini daryoga tashlagan. Uning aytishicha, xorijiy talabalar bilan ishlash bo`yicha dekanat o`z vaqtida, vaqtincha yashash uchun Muqaddasning hujjatlarini migrasiya xizmatiga topshirmagan.
Prokuratura, qiz 30 yanvar kuni Kievdagi Paton ko`prigidan o`zini tashlab joniga qasd qilganini tasdiqladi.
Talaba qiz tengdoshlarining aytishicha, u universitetga 2017 yilda o`qishga kirgan va buning uchun 7 sinfdan tayyorgarlik ko`rgan, u stomatolog bo`lishni orzu qilardi. Ular qizni “maqsadga intiluvchi aqlli va quvnoq” sifatida ta`riflashdi: u ingliz tili guruhida o`qirdi va guruh rahbari edi. Ularning ta`kidlashlaricha, Muqaddas va xorijiy talabalar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari Tatyana Timoxina o`rtasida muammo kelib chiqqan.
"Muqaddasning ota-onalari vaqtinchalik yashash borasidagi muammo to`g`risida bilishardi. UningUkrainadan chiqib ketishini, yangi viza bilan qaytadan borishini, akademta`til olib bir yildan keyin o`qishni davom etirishini aytishgan edi. Turkmanistonning Ukrainadagi elchixonasi muammoni Muqaddasning Ukrainadan chiqib ketmasligi bilan uning mamlakatda bo`lish muddati rejimini buzgani uchun jarima to`lashi maqsadida universitetdan maktub lozimligini aytishgan. Buni hal qilish borasida taklif bilan chiqishgan. Biroq dekanat buning uchun hech narsa qilmadi", – deya xabar berdi Muqaddasning tanishlari.
Universitetda talabaning migrasiya qonunchiligi bilan muammosi bo`lganini tasdiqlashdi. Uning viza muddati 2017 yil 17 dekabrda tugagan edi. Shu sababli ham u talabalar safidan chiqarilgan.
Sharofiddin To`laganov, O`zA






