AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik kollej xodimi Beruniydan Toshkentgacha piyoda borishni niyat qildi

'Qoraqalpog`istonlik kollej xodimi Beruniydan Toshkentgacha piyoda borishni niyat qildi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Beruniy tumanida yashovchi Ravshan Yaxshimurodov Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag`ishlab Toshkent shahrigacha piyoda yurib bormoqchi ekanini ma`lum qildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

— Buyuk insonning xotirasi uchun 1200 km yo`lni piyoda bosib o`tish g`oyasi paydo bo`lganiga ancha bo`ldi, — deydi R.Yaxshimurodov. — Beruniy qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejida texnik xodim bo`lib ishlayman. Birinchi Prezidentning barcha asarlarini o`qib chiqqanman. Agar ushbu niyatim amalga oshsa, yo`l-yo`lakay ko`rgan-kechirganlarimni kitob qilib yozish niyatidaman. Beruniydan Toshkent shahrigacha piyoda borishga tayyorman.

2016 yil sentyabr oyida namanganlik Husan Hojiboev Birinchi Prezidentning qabrigacha velosipedda borib, ziyorat qilib kelgandi. O`shanda u velosipedda Samarqandgacha 500 kilometr masofani bosib o`tgandi.

    Boshqa yangiliklar