AsosiyJamiyat

O`zbekiston poezdlari va samolyotlarida kutubxonalar tashkil etiladi

'O`zbekiston poezdlari va samolyotlarida kutubxonalar tashkil etiladi'ning rasmi

Kitob targ`iboti yo`nalishda yana bir xayrli tashabbusga qo`l urildi.

Gap shundaki, mahalliy temir yo`l poezdlari hamda samolyotlarda milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalari asosida tayyorlangan radioinssenirovka hamda audiokitoblarni alohida kanalga joylashtirish va yangilab borish rejalashtirilgan. Bu haqda Matbuot va axborot agentligining rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Mazkur yangilik O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi hamkorligida amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Hozirgi kunda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasida havo kemasi sahnida yo`lovchilar uchun namoyish etiladigan media-kontentga audiokitoblar bosqichma-bosqich, ya`ni 2018 yil may oyidan boshlab kiritilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar