23 fevral kuni O`zbekiston Hukumati bilan Qozog`iston Hukumati o`rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik to`g`risidagi bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.
Hujjat 2017 yil 16 sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan. Shartnoma ikki mamlakat qonunchiligiga muvofiq tenglik tamoyiliga asoslangan holda o`zaro manfaatli harbiy-texnikaviy hamkorlikni o`rnatish va yanada rivojlantirishga qaratilgan.






