Amerikalik yozuvchi Stiven King “Adabiy faoliyati” uchun Amerikaning PEN America ijtimoiy tashkilotining mukofoti laureati bo`ldi, deya xabar bermoqda Tass.ru nashri.
Ushbu mukofot o`z asarlarida insonning eng yaxshi fazilatlarini targ`ib qilgan yozuvchilarga beriladi. “Yovuzlik nima oqibatlarga olib kelishini bilgan inson sifatida Stiven King bizni yovuz kuchlarga qarshi kurashishga ilhomlantirdi”, – deydi PEN America prezidenti Edryu Solomon.
Kelib chiqishi portlendlik (Men shtati) bo`lgan Stiven King butun dunyoda 350 million nusxada chop etilgan 50 dan ziyod romanlar muallifidir. Uning ilk romani “Kerri” 1970-yillarning o`rtalarida yozilgan bo`lsa, keyinchalik yozuvchining “Qora minora” siklidagi sakkizta romani, “Shu`la”, “Tushlar ovchisi”, “Yashil yo`lak” kabi bir-biridan ajoyib va g`aroyib asarlari yaratildi.
Stiven Kingning yangi “Begona” (The Outsider) nomli kitobi chop etilgach, shu yilning 22 mayida adibga PEN America mukofoti topshirilishi marosimi bo`lib o`tadi.





