"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, mamlakating shimoliy hududlarida esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.
Ayrim joylarda yomg‘ir va qor kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ayrim paytlarda kuchli tus olishi kutilmogda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi, 10 fevral kuni esa ayrim hududlarda 20–23 m/s gacha yetishi mumkin.






