AsosiyDunyo

ENDI QIRG`IZISTONLIK HUKUMAT VAKILLARI OQ QALPOQ KIYIB YuRIShADI

'ENDI QIRG`IZISTONLIK HUKUMAT VAKILLARI OQ QALPOQ KIYIB YuRIShADI'ning rasmi

Qirg`iziston respublikasi deputatlari rasmiy qabullar vaqtida mamlakat prezidenti, vazirlar va parlament spikerlarining milliy oq qalpoq kiyishlari majburiyoligi haqidagi qonun loyihasini tayyorlashdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Qonun loyihasiga binoan qirg`izistonlik sportchilar ham xalqaro musobaqalarda oq qalpoq kiyishga majburdir.

Mazkur hujjat mualliflarining fikriga ko`ra, bu narsa “qirg`iz xalqining bir necha asrlik an`analarini saqlab qolishda, ma`naviy rivojlanishida qirg`iz xalqini darrov tanishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.” Qonun loyihasida oq qalpoq davlat bayrog`i, gerbi va gimniga tenglashtirilgan.

2017 yilning dekabr oyida Bishkek shahrida o`tkazilgan Dog’s Fashion Show-2018 tanlovida boshiga oq qalpoq kiydirilgan itning chiqishi noroziliklarga sabab bo`ldi. Bu voqea qirg`iz xalqiga nisbatan hurmatsizlik deb baholanib, odamlar shou tashkilotchilarini jarimaga tortishni talab qilishgan edi. Tashkilotchilar esa ular shou ishtirokchilarining liboslari uchun javob bermasliklarini ma`lum qilishdi.

2016 yilda Qirg`iston parlamenti milliy bosh kiyim Kunini rasman bayram, deb e`lon qilgan. Mazkur bayram 5 martda o`tkazilib, u 2011 yildan beri nishonlanib keladi.

    Boshqa yangiliklar