AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Shallotte River Swamp Park milliy bog`ida suv havzalaridagi timsohlar muzlab qoldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Timsohlar suvda muzlab qolgancha uyquga ketgan. Ular nafas olib turish uchun faqatgina burni va tumshug`ini suv ustida qoldirgan. Shallotte River Swamp Park milliy bog`i xodimining ma`lumot berishicha, timsohlar havo iligandan keyin uyqudan uyg`onishadi.
So`nggi haftada AQShning bir qator shtatlarida sovuq havo harorati hukm surmoqda. Ba`zi shaharlarda havo harorati 30 daraja sovuqqacha tushib ketgan. Kuchli sovuq oqibatida odamlar qurbon bo`ldi.






