«O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi mahalliy yo`nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Kiritilgan yangiliklar yo`lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi, deya ma`lum qildi MAK axborot xizmati.
Respublika ichidagi barcha yo`nalishda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. Bundan tashqari, barcha mahalliy yo`nalishlarda guruhlar uchun tariflar kiritildi. O`rnatilgan tariflar bo`yicha sotiladigan joylar soni cheklangan. Qayd etilishicha, aviachipta qancha erta sotib olinsa, u shunchalik arzon tushadi.
Aviachiptalarni aviakassalarda yoki aviakompaniyaning rasmiy saytida onlayn tarzda sotib olinganidan qat`i nazar, barcha tariflar birdek amal qiladi.






