AsosiyDunyo

AMERIKALIK FUQARO MAST HOLDA MAShINA HAYDAGANI UChUN O`ZINING USTIDAN POLISIYaGA ARZ QILDI

'AMERIKALIK FUQARO MAST HOLDA MAShINA HAYDAGANI UChUN O`ZINING USTIDAN POLISIYaGA ARZ QILDI'ning rasmi

RIA Novosti” nashri shunday deya xabar beradi: AQShda shirakayf haydovchi 911 ga sim qoqib, o`zining ustidan shikoyat qildi.

Bu g`alati voqea haqida Florida shtati Polk okrugi sherifi ofisi mutasaddilari so`zlab berishdi.

Mazkur voqea Yangi yil arafasida ro`y berdi. Allaqanday Maykl deganlari shoshilinch xizmatga qo`ng`iroq qilib, mast holatda mashina haydayotganini aytadi. U hatto o`z familiyasini ham eslolmasdi.

Yo`l chetiga to`xtab qonun himoyachilarini kutib turgan Maykl etib kelgan polisiyachilarga ikki krujka pivo ichganini aytadi, keyin esa ko`rsatmasini to`rt krujka edi, deya o`zgartiradi va to`rt sutkadan beri bor-yo`g`i to`rt soat uxlaganini ma`lum qiladi. Oxir-oqibat, Maykl metamfetamin giyohvandlik moddasini qabul qilganiga iqror bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar