AsosiyDunyo

AQShDA KELAJAK ROBOTLARI UChUN SUN`IY MUSKUL YaRATILDI

'AQShDA KELAJAK ROBOTLARI UChUN SUN`IY MUSKUL YaRATILDI'ning rasmi

Amerikaning Kolorado universiteti muhandislari zamonaviy robotlarni qanday qilib takomillashtirish yo`lini o`ylab topishdi, deya xabar bermoqda Vesti.ru nashri.

Tadqiqotchilar androidlar uchun “temir odamlar” nozik predmetlardan foydalanishda ehtiyotkor bo`lishlariga imkon beruvchi maxsus sun`iy muskullarni ishlab chiqarishdi.

Olimlarning ta`kidlashicha, anchayin arzonga tushayotgan zamonaviy texnologiyaning yordamida amerikaliklar allaqachon robotlarga beysbol koptogini irg`itishni va suv to`ldirilgan idishni ko`tarishni o`rgatishgan. Bu yangi texnologiyaning sharofati bilan robotlarning harakati keskin emas, bir tekis chiqadi. Kolorado universiteti xodimlarining aytishicha, sun`iy muskul ichidagi suyuqlik shikast etgan holatlarda mushaklarning qayta tiklanishiga ko`mak berar ekan.

    Boshqa yangiliklar