AsosiyDunyo

BAGAM OROLLARIDA DRON BOShQARUVChISI BOLAKAYNI NAQ TO`RTTA NAHANGDAN SAQLAB QOLDI (VIDEO)

'BAGAM OROLLARIDA DRON BOShQARUVChISI BOLAKAYNI NAQ TO`RTTA NAHANGDAN SAQLAB QOLDI (VIDEO)'ning rasmi

Bagam orollarida suvga tushgan bolakayga birvarakayiga to`rtta nahang baliq hujum qilmoqchi bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Lekin qirg`oqda turgan kvadrokoptyor operatorining ziyrakligi tufayli bolakay bir o`limdan qoldi. Suv yirtqichlari aks etgan drondagi tasvirni operator YouTubega joyladi.

Noxush hodisa o`tgan yilning dekabr oyi o`rtalarida ro`y bergan. Kadrlarda bolakay dengizga chopib tushib, qirg`oq bo`yida suv sachratib o`ynayotgani va bir necha soniyalardan so`ng uchta nahang bolakay tomon shiddat bilan suzib kelayotani, sal o`tib esa yana bir yirtqichning ularga sherik bo`lgani gavdalangan. Bolakay suv tubiga boshi bilan sho`ng`igan, mana shuning o`zi nahanglarga undan bir necha qadam nariga bo`lishlariga etarli bo`lgan.

“Rabbimga shukrlar bo`lsinkim, bola chaqirig`imni eshitdi”, – deydi o`sha damda qirg`oq bo`yida turgan dron boshqaruvchi Artyom Tkachenko.

Bolakay darhol suvdan chiqib oladi, nahanglar esa “quruq qo`l bilan” ortga qaytishadi.


    Boshqa yangiliklar