AsosiySiyosat

ShAVKAT MIRZIYoEV ZAMONAVIY DUNYoNI O`ZGARTIRAYoTGAN O`N NAFAR ETAKChI RO`YXATIDA

'ShAVKAT MIRZIYoEV ZAMONAVIY DUNYoNI O`ZGARTIRAYoTGAN O`N NAFAR ETAKChI RO`YXATIDA'ning rasmi

Turkiyaning etakchi iqtisodiy nashrlaridan biri — «Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni o`z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o`zgarishiga sezilarli ta`sir ko`rsatishga qodir bo`lgan jahonning birinchi o`n nafar etakchisi ro`yxatiga kiritdilar. Bu haqda «Jahon» AA xabar bermoqda.

«Derin Ekonomi» jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir etakchi nashr - «Yeni Şafak» gazetasi tomonidan ham ko`chirib bosildi.

Mazkur ro`yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o`z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o`zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta`sir ko`rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining «nyusmeykeri», ya`ni ularning diqqat-e`tibori ob`ekti bo`lib qolayotgan etakchilar nomlari joy oldi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Sh.Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, «har erda hoziru nozir» bo`lgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e`tiqod erkinligini ta`minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

Ta`kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O`zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo`naltirilgan o`ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo`lini tutgani Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e`tiborga munosib qadamlaridan biri bo`ldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o`n mamlakat etakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo`lmagan, biroq 2018 yili ular «har bir kishiga o`zlarini tanitishadi».

    Boshqa yangiliklar