AsosiyDunyo

ROSSIYaDA ILK MAROTABA QORDAN YaSALGAN MEHMONXONA OChILDI

'ROSSIYaDA ILK MAROTABA QORDAN YaSALGAN MEHMONXONA OChILDI'ning rasmi

Rossiyaning Qizil Polyana etnoparki hududida ilk marotaba qorli mehmonxona ochildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Uning qurilishida asosiy qurilish materiali sifatida Kavkaz yonbag`irlaridan olib kelingan toza qor xizmat qildi. Toqqa nafaqat chang`i trassalarida uchish uchun kelgan chang`ichilarga, balki sayyohlarga ham chinakam shimol bug`ularida sayr qilish taklif etildi. Bug`u fermasidagi Shimoliy ekzotika kamlik qilganlarga “Gazprom” Rossiyada yagona bo`lgan qorli mexmonxonani ochdi.

Uning eskimoslarning oddiy qorli uyidan farqi hajmidadir: shiftining balandligi 5 metr atrofida, devorlarning qalinligi esa 2 metrni tashkil etadi. Bu esa bino ichida etarlicha qulay haroratni yaratadi. Mehmonlar uchun ulkan ayiq terisi yopilgan karavotlar ham qo`yildi.

Mehmonxona endigina ochilganiga qaramay, bir necha hafta oldindan band etilmoqda. Sayyohlar ataylab qorli mehmonxonani tomosha qilish uchun turli shaharlardan tashrif buyurishdi. Bu erga kelish uchun asosiysi ob-havo sharoiti yaxshi bo`lishi lozim.

    Boshqa yangiliklar