AsosiyDunyo

OTA-ONALAR FARZANDLARIDAN MAMNUN BO`LIShGA HAQLI BO`LGAN 15 LAHZA

'OTA-ONALAR FARZANDLARIDAN MAMNUN BO`LIShGA HAQLI BO`LGAN 15 LAHZA'ning rasmi

Ota-onalar farzandining sog`lom va baxtli yashashi uchun hamma narsaga tayyor turadi, deb yozadi Adme.ru nashri.

Biroq har doim ham bizga ko`rsatgan mehribonchiliklari uchun ota-onamizga minnatdorchilik bildiravermaymiz. Ularga bizning minnatdorchiligimizdan ko`ra, hurmat-e`tiborga sazovor inson bo`lib etishishimiz muhimdir. Quyida sizni ota-onasi haqli ravishda “Bu mening farzandim”, deya faxrlanishi mumkin bo`lgan voqealar bilan tanishtiramiz.

1. Tushlik voqeasi

Bola onasiga tushlik sotib olishga qurbi etmaydigan sinfdoshlari borligi haqida gapirib berdi va ularga ham tushlik olib bormoqchi ekanligini ma`lum qildi. Onasi o`g`lining taklifiga rozilik bildirib, uning barcha sinfdoshlari uchun tushlik tayyorladi. Bola esa ularni xaltalarga joylashtirishga ko`maklashdi.

2. Baliq voqeasi



Bola baliq ovida kattagina baliqni qo`lga kiritdi. U o`ljasini AQShda nishonalanadigan “Otalar kuni” munosabati bilan otasiga hadya qildi.

3. G`ildirak voqeasi


Ota o`g`liga avtomobil g`ildiragini almashtirishni o`rgatdi. Bola mazkur ishning uddasidan chiqqach, otasi uning elkasiga urib, o`g`lini ilk muvaffaqiyati bilan qutladi.

4. Gullar voqeasi

Ota 7 yoshli o`g`liga 40 dollar berib, do`kondan eng zarur, deb hisoblaydigan buyumni sotib olishni aytdi. Ota o`g`liga hech qanday maslahat bermay, uni o`z holiga qo`ydi. Bola esa do`konga borib, 34 dollarga oziq-ovqat mahsuloti, qolgan 6 dollarga esa onasi uchun guldasta xarid qildi.

5. Sovg`a voqeasi


AQShlik erkak qizi haqida quyidagi gaplarni yozdi: “Kecha qizim 6 yoshga to`ldi. Tug`ilgan kunida qanday sovg`a olishni istayotganligini so`raganimda, och-nahor, muhtojlikda yashayotgan odamlarning qornini to`ydirishni xohlashini aytdi. Shundan keyin hammamiz unga an`anaviy bolalar o`yinchoqlarining o`rniga, oziq-ovqat mahsulotlarini sovg`a qildik. Qizim esa ularni muhtojlar uchun oziq-ovqat tarqatiladigan maxsus punktga topshirdi. Men uning bu ishidan juda faxrlandim”.

6. Ilmiy daraja voqeasi

Bu yigitning otasi AQShda farroshlik qiladi. Uning o`g`li esa falsafa fanlari doktori unvoniga sazovor bo`ldi. Yigitning yutug`idan barcha oila a`zolari xursand bo`ldi. Hayotda eng asosiysi qo`yilgan maqsadga erishish uchun tinmay harakat qilishdir.

7. Kechki ovqat voqeasi

Rafiqasidan ayrilgan erkak juda tushkunlikka tushib qoldi. Bir kuni ishdan kech qaytganda 10 yoshli qizining oshxonada kuymalanayotganligiga ko`zi tushdi. U otasiga qarab, “Dada, endi siz haqingizda men qayg`uraman”, dedi. Bundan erkakning qalbi quvonchga to`ldi.

8. Yomg`ir voqeasi


Bola otasidan avtobus bekatiga ertaroq borish uchun ruxsat so`radi. Otaning savoliga u “Har kuni bekatda bir bolakay turadi, uning soyaboni yo`q. Men uning oldiga borib, soyabonim bilan uni yomg`irdan himoya qilaman” deb javob berdi.

9. Ko`chish voqeasi

Boshqa uyga ko`chayotgan bola ota-onasining “Zarur buyumlaringni qutiga joyla!”, degan buyrug`iga binoan birinchi navbatda eng yaqin do`sti, deb hisoblagan kuchugini joylashtirdi.

10. Yashil rang voqeasi


Qizcha otasining ishdan qattiq charchab kelishini bilgani bois, uning asablarini dam oldirish uchun stakanga yashil rangli zaytunlarni solib qo`ydi.

11. Sendvich voqeasi


Rojdestvo bayrami arafasida biroz pul yiqqan bolakay otasidan yana moddiy yordam so`radi. Bola barcha puliga uysiz-joysizlar va muhtojlikda kun kechiruvchilar uchun ko`p miqdordagi sendvichlarni tayyorlab, tarqatdi.

12. Bitiruv kecha voqeasi

Qizning onasi bedavo dardga yo`liqqani bois uning bitiruv kechasiga tashrif buyura olmadi. Qiz esa onasining mazkur tadbirda ishtirok etishini juda ham xohlagani uchun bitiruv kechasini kasalxonaga ko`chirdi.



    Boshqa yangiliklar