AsosiyJamiyat

QAMChIQ DOVONIDA MASJID OChILDI (FOTO)

'QAMChIQ DOVONIDA MASJID OChILDI (FOTO)'ning rasmi

2 yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ko`ksaroy mahallasida yangi masjid qayta faoliyat boshladi. Qamchiq dovonidagi yagona masjid, avtomagistral yo`lning shundoqqina yuzida joylashgan “Islom nuri” jome masjidining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Masjidning ochilish marosimida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamda Toshkent viloyati vakilligi mas`ullari ishtirok etdilar. Tadbirni Muftiy hazratlari ochib berdilar.

Masjidning dovon yo`lida joylashgani ibodat qilishni istaganlar uchun qulaylik yaratdi.

Ma`lumot uchun, 2013 yilda masjidni qayta qurish va ta`mirlash ishlari boshlangan edi. Masjid sahovatpesha homiylar hamda aholi tomonidan hashar yo`li bilan qurilgan. Masjidda namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lib, tahoratxona el xizmatiga tayyor holda qurilgan.





    Boshqa yangiliklar