11 yashar Levi Kristosek Yansen tipidagi metafizik displaziya bilan og`riydi, deb yozdi Life.ru nashri.
Bu kasallik enxondral o`sishni to`xtatib, suyak qotishida etishmovchiliklar va kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Levi bo`yi bor-yo`g`i 96 sm. Lekin bu hali holvasi – bolakay kuchli og`riqlarga chidashga majbur. Dunyoda ushbu tashhis aniqlangan 30 nafar odam mavjud, ulardan besh nafari AQShda istiqomat qiladi.






