Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa qit`asining 2017 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Portugaliyalik 32 yoshli futbolchi 26ta xalqaro informasion agentliklar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada birinchi o`rinni egalladi. Keyingi o`rinlarni “Formula-1” chempioni Lyuis Xemilton, tennischilar Rojer Federer va Rafael Nadal band etdi.
E`tiborga molik jihati shundaki, Ronaldu ushbu sovrinni qatorasiga ikkinchi yil ham qo`lga kiritdi. O`tgan yili ham “Qirollik klubi” etakchisi Evropaning eng yaxshi sportchisi deb topilgandi.






