O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli Qaroriga binoan, ichki bozorning neft mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini yanada qondirish va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz etkazib berish bo`yicha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“O`zbekneftegaz” aksiyadorlik kompaniyasi ishtirokida ta`sis etilgan “Jizzakh Petroleum” MChJ qo`shma korxonasi import bo`yicha olib kiriladigan hamda Evropa sifat va standartlariga to`liq javob beradigan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98markadagi avtobenzin hamda dizel yoqilg`isini erkin narxlarda ixtisoslashgan avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchalari tarmog`i orqali sotmoqda.
Qo`shma korxona tomonidan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markadagi benzin va dizel yoqilg`isini sotish mexanizmi AYoQSh tarmoqlaridan foydalangan holda hamda to`g`ridan-to`g`ri oldi-sotdi shartnomalari yoki birja savdolari orqali erkin tijorat narxlarida sotishni o`z ichiga oladi.
Shuni ta`kidlash joizki, neft mahsulotlari bozoridagi iste`molchilar uchun taklif etilayotgan yangi turdagi mahsulot jahon sifat standartlariga to`liq javob beradi. Yaqin kunlarda AYoQShlarda import bo`yicha olib kirilayotgan etillanmagan AI-95 va AI-98 benzin yoqilg`isi hamda 3 ekologik toifadagi Evro dizel yoqilg`isi sotilishi ko`zda tutilmoqda.
Ushbu tadbir aholiga iste`mol xizmatlari ko`rsatishni yanada yaxshilashga qaratilgan hamda O`zbekistonda neft va gaz sektorining jadal rivojlanayotganligini namoyish etadi.






