Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmatning rapid va blis yo`nalishlari bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda.
King Salman World Rapid and Blitz Chess Championships musobaqasida 55 davlatdan 200 nafardan ziyod dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti, deb yozadi "Olamsport".
Yakunda jahon chempionligiga erishgan shaxmatchilar 2 million dollar mukofot puliga ega bo`lishadi. Ushbu summadan 1 250 000 dollari erkaklar, 750 000 dollari esa ayollar o`rtasida chempion bo`lgan shaxmatchiga topshiriladi.







