AsosiyJamiyat

BIR NEChA OYDAN SO`NG TOShKENTDAN ISSIQKO`LGAChA TEMIRYO`L YO`NALIShI IShGA TUShADI

'BIR NEChA OYDAN SO`NG TOShKENTDAN ISSIQKO`LGAChA TEMIRYO`L YO`NALIShI IShGA TUShADI'ning rasmi
2018 yil bahordan “Toshkent – Bishkek - Baliqchi” temiryo`l yo`nalishida qatnov yo`lga qo`yiladi. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni Qirg`iziston hukumatining mamlakat parlamentidagi vakili Ashrbek Temirbaev ma`lum qildi.

Kelishuvga ko`ra, ushbu qatnov haftada bir marta amalga oshiriladi.

23 dekabrdan boshlab «Eyr Manas» aviakompaniyasi haftada ikki marta Bishkek – Toshkent, O`sh – Toshkent reysini yo`lga qo`ydi.

25 dekabr kuni Qirg`iziston delegasiyasi Toshkentda bo`lib O`zbekiston tomoni bilan O`sh-Qo`qon, O`sh-Andijon, O`sh-Farg`ona, Jalolobod-Qizilqiya yo`nalishlarini ochish masalasini muhokama qilgan.

“Mazkur qarorlar Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O`zbekistonga rasmiy tashrifi chog`ida kelishilgan”, degan Qirg`iziston hukumati vakili.

    Boshqa yangiliklar