28.12.2017 11:22
O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON SOLIQ SOHASIDA HAMKORLIK QILADI

Mazkur hujjat soliq masalalarida hamkorlik qilish va o`zaro yordam berish hamda tajriba va axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirish uchun huquqiy asos yaratishga hamda ikki davlatda soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.
Ushbu Bitim doirasida hamkorlik tomonlar davlatlarining soliq idoralari orqali bir-birlariga yordam berish to`g`risida so`rov jo`natish yo`li bilan amalga oshiriladi.





