AsosiySUG'DIYONA

YaNGI YILNI QANDAY QARShI OLISh KERAK?

'YaNGI YILNI QANDAY QARShI OLISh KERAK?'ning rasmi

Uy bezatish...

Tillarang it dabdaba, jimjimadorlikni xush ko`rmaydi, oilaviy qadriyatlarni yoqtiradi. Demak, yangi yil bayrami bezagi sifatida oilaviy rasmlar, tabrik “otkritka”lari, birgalikda yasalgan bezaklar bilan umumiy kompozisiyani hosil qiilsh mumkin.

Klassik atributlardan esa sharlar, girlyanda, albatta archadan foydalaniladi. Biroq unutmang, bezaklar sariq, jigarrang, tillarang va qizil ranglarda bo`lishi kerak. Kirib kelayotgan yilning ramzi sifatida turli it shaklidagi o`yinchoqlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq.


Bayram dasturxoni

Yangi yil bayramini nishonlash uchun yaqinlar yig`iladigan joy bu — bayram dasturxoni. “It” klassik ovqatlarni afzal ko`radi. Dasturxonda go`sht, kalbasa, ko`katlar, sabzavot va mevalar bo`lishi lozim. Desert uchun tort, pryanik yo pechene ham bo`laveradi. Salat, pishiriqlarni yil “sohibi” shaklida tayyorlaydigan bo`lsagiz, urfdagi ranglar bilan bezash yodingizdan chiqmasin.


Bayram oqshomi uchun libos
va aksessuarlar

Garderobingizdan bayram oqshomi uchun tillarang, sariq yo jigarrang, qulrang, shaftolirang, olovrang, to`q shokolad, qahvarang, lekin soddagina libos tanlang. Anglaganingizdek, bu ranglar 2018 yilda urfda bo`ladi.

O`ziga xoslikni ta`minlash uchun bayram libosiga mo`ynali “jilet”, “nakidka”, sholro`mol, “mufta” hamoxang bo`ladi. Mo`ynali qadama eng va yoqali libos ham ayni muddao.

Soch turmagi uchun esa sariq va jigarrangdagi mo`ynali turli “zakolka”lardan foydalanish mumkin.

    Boshqa yangiliklar