AsosiyDunyo

DO`KONDA ShIRINLIK BORLIGINI KO`RGAN BUG`U DO`STLARINI BOShLAB KELDI

'DO`KONDA ShIRINLIK BORLIGINI KO`RGAN BUG`U DO`STLARINI BOShLAB KELDI'ning rasmi

AQShning Kolorado shtatidagi avtoyoqilg`i quyish shahobchalaridan birida joylashgan savdo do`koniga kirib qolgan bug`uni do`kon xodimlari shirinlik bilan siylashdi, buni ko`rgan bug`u mazkur do`konga sheriklarini boshlab keldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Do`kon xodimasi Lori Jons har doim bug`ular do`kon atrofida aylanib yurishini gapirib berdi. Bu safar ochlik ustunlik qilgan shekilli ulardan biri savdo do`koniga kirdi. “U menga e`tibor bermadi, avvaliga ko`z oynaklarni tomosha qildi, keyin esa muzqaymoq va chipslarga razm soldi”, dedi Lori. Do`kon xodimlariga bug`ularga biror nima berish taqiqlanganiga qaramay, sotuvchi bug`uni shirinlik bariga etaklab kirdi. Bug`u esa bu erdan o`ziga yoqqan shirinlikni tanlab oldi. Birozdan so`ng do`konga yana qaytib kelgan bug`uning ortida bir talay do`stlari turardi.

    Boshqa yangiliklar