Yaponiyada rekord darajada yuqumli zaharlanish holatidan shokka tushgan bemorlar soni qayd etildi. Bu haqda Ria Novosti nashri xabar qildi.
Ta`kidlanishicha, 10 dekabr holatiga ko`ra, ushbu kasallik mamlakatning 525 fuqarosida qayd etilgan, ularning 66 nafari Tokio aholisidir.
Kasallikning tarqatuvchisi A guruhidagi streptokokklar bo`lib, ular «yirtqich bakteriya» nomini olgan. Tibbiyot xodimlari ushbu infeksiya organizmda shiddat bilan tarqalishi va bir necha soat ichida insonni nobud qilishi mumkinligini ta`kidlashmoqda.
Kasallikning ilk belgilari bu qo`l va oyoqlarda shish va og`riqlarning paydo bo`lishi, issitma va holsizlikdir. Avvaliga bemorning ahvoli unchalik havotir uyg`otmaydi, ammo «yirtqich infeksiya» badanda tarqalgach nekroz(tirik organizmning zararlanishi oqibatida o`lik holatga kelishi)ni keltirib chiqaradi va hatto o`pka va qonga ham o`tib ketishi mumkin.






