AsosiyJamiyat

FARG`ONALIKLARNI QUVONChIGA SABAB BO`LGAN KATTAKON ARChA

'FARG`ONALIKLARNI QUVONChIGA SABAB BO`LGAN KATTAKON ARChA'ning rasmi

Farg`ona shahar markaziga 28 metrdan iborat archa o`rnatildi. Uni bezatish uchun 5 ming metrdan ortiq zar-bezak, 3 mingga yaqin o`yinchoqlar, 2 ming metrga yaqin chiroqlar sarf etildi. Archaning uzunligi 25 metr bo`lib, u yanada yorqin va chiroyli ko`rinishi uchun 3 metrlik yulduzcha ham o`rnatildi. Bu esa Farg`onaning markazida o`rnatilgan archaga yanada ko`rk baxsh etib turibdi.

Shuningdek, archa yonida chang`idan ketayotgan 2017-yil hamda bug`ilar bilan tantanali ravishda kirib kelayotgani 2018 yil aks etgan. Farg`ona markazida joylashgan bu kattakon archa barcha aholini shod etgan rost. Buni esa kecha-yu, kunduz archani oldida tinimsiz sura`ga tushayotgan yoki mobil telefoniga tasvirlayotganlariga guvoh bo`lamiz. Ularning xursandligini esa har bir jarayonlarni quvonchli voqeadek sharhlab ijtimoiy tarmoqlariga joylayotganlaridan bilsak bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Farg`ona shahridagi Ahmad Farg`oniy nomidagi istirohat bog`iga 20 metrlik, Marg`ilon shahridagi Temir yo`l vokzali oldiga 22 metrlik kattakon archalar bezatilgan. Shuningdek, viloyatning shahar va tumanlari markaziga ham ana shunday kattakon archalar o`rnatish ishlari davom etmoqda.

Ahror Ziyo, Farg`ona

    Boshqa yangiliklar