Sankt-Peterburgda noma`lum homiy samolyot sotib olgan pensioner uchuvchi erkakning soliq to`lashi uchun lozim bo`lgan 2,5 million rubl qarzini to`ladi. Sobiq uchuvchi bir paytlar o`zi uchgan samolyotni sotib olganiga qaramay, 20 yil mobaynida uning soliqlarini to`lolmagandi. Hozirda pensioner uchuvchi samolyotni ta`mirlab, barcha xohlovchilar uchun aviasayohatni yo`lga qo`yishni niyat qilgan.






