Xorazm viloyati, Xiva tumanida yashovchi Rejabboy Vafoevning rafiqasi betob bo`lib, tanasidan har xil toshmalar toshib ketdi. Toshmalar yaraga aylanib, uni holdan toydirdi. U turmush o`rtog`ini davolatish uchun Xorazm viloyati Teri-tanosil kasalliklari dispanseriga olib bordi. U erda Rejabboyning rafiqasini bo`lim mudiri Bahrom Solaev, oliy toifali shifokor, dermatovenerolog Reyimboy Abdirimovlar tekshiruvdan o`tkazishdi va unga “Pufak yara” tashxisi qo`yildi. Shifokorlar ayolni davolash uchun mazkur dispanserga yotqizish lozimligini aytishdi. Bu erdagi ozodalik, saranjom-sarishtalik, shinamlikni ko`rib, Rejabboyning dili yayradi. Shifokorlarning sa`y-harakatlari va shirin so`zlari tufayli bemorlarning nigohlaridagi g`am o`rnini quvonch egallaganini ko`rib, uning ko`ngli ko`tarildi. Ayni paytda uning rafiqasi tuzalib, oilasi bag`riga qaytdi. Gippokrat qasamiga sodiq qolib, egnidagi oq xalatiga dog` tushirmay, najot izlab kelgan bemorlarni oyoqqa turg`izgan bosh shifokor Muzaffar Ibragimov rahbarlik qilayotgan kasalxona shifokorlariga, kasallarga beminnat xizmat qilayotgan hamshiralarga kasalxonada davolangan barcha bemorlar nomidan Rejabboy Vafoev qo`lingiz dard ko`rmasin, deb tilak bildirdi.






