Vatani Amerika bo`lgan bu sport turi ayollarga juda mos bo`lib, teri tonusini oshiradi, mushaklarni mustahkamlaydi va yog`larni yo`qotadi. Ayniqsa, jadal sur`atda shug`ullanganda anchayin yog`larni yo`qotish mumkin. Ammo juda kirishib ketish ham yaramaydi. Tanangizga quloq solishni o`rganishingiz lozim. Avvaliga asta-sekinlik bilan boshlang. Aks holda tanani ham, shug`ullanishga bo`lgan istakni ham bo`shashtirib qo`yishingiz mumkin.
Shug`ullanish jadvali: aerobika bilan haftasiga 3 marta, 45‑60 daqiqadan shug`ullanish tavsiya qilinadi.
Turlari: hozirgi kunda step‑aerobika, akva‑aerobika (suvda) va zo`raki (silovaya) aerobika turlari mavjud.
Mumkin emas: tomirlar varikozi bilan og`rigan ayollarga shug`ullanish tavsiya qilinmaydi.
Mashg`ulot davomiyligi 1 oy, haftada 3 marta, 1 soatdan.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






