O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda, «Postda» gazetasiga asoslanib, Sof.uz xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, podpolkovnik Rustem Boltaniyozov Qoraqalpog`iston ichki ishlar vaziri o`rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan.
Polkovnik Muhammadjon Otaboev Xorazm viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari — Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan.
Podpolkovnik Mirzoxon Zubaydullaev Samarqand viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari — Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimini egallagan.
Podpolkovnik Erkin Safarov Buxoro viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari — Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan.
Podpolkovnik Azizxon Saidxo`jaev Qashqadaryo viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari — Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlangan.






