AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA ILK BOR KOXLEAR IMPLANTASIYa OPERASIYaSI O`TKAZILDI

'O`ZBEKISTONDA ILK BOR KOXLEAR IMPLANTASIYa OPERASIYaSI O`TKAZILDI'ning rasmi

Toshkentdagi klinikalardan birida rossiyalik mutaxassislar yordamida ilk bor koxlear impalantasiya o`rnatish bo`yicha jarrohlik operasiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “Asr.uz” xabar berdi.

Eshitish apparatlari ojiz bo`lgan hollarda, karlikning og`ir shakli, tug`ma karlik uchun – koxlear implant o`rnatish eshitish qobiliyatini tiklovchi yagona uslub desak adashmaymiz.

Koxlear implant – quloq ichiga o`rnatiladigan moslama bo`lib, u tashqi mikrofondan olingan tovushlarni kuchaytirib, to`g`ridan to`g`ri insoning eshitish nervlariga elektron impuls shaklida etkazib beradi. Implant mikrofon, batareyka, boshqaruv pulti kabi qismlardan iborat bo`ladi.

Toshkentdagi INVIVO shifoxonasida ilk bor bo`lib o`tgan operasiya “Rossiya audiologiya va eshitish protezlari ilmiy markazi” shifokori, professor Neli Mileshina va shifoxona rahbari Zebo Karimovlar tomonidan o`tkazildi.

Mileshna aytishiga qaraganda, Toshkentda koxlear implantasiya o`rnatish bo`yicha 7ta opreasiya o`tkazilgan. Bemorlar orasida 9 oydan 3 yoshgacha bo`lgan olti nafar bolakay va meningit oqibatida eshitish qobiliyatini yo`qotgan 32 yoshli ayol bo`lgan.

Zebo Karimova aytishiga qaraganda, oxirgi vaqtlarda Toshkentda bolalarga gentamisin, kanamisin, merkasin va boshqa antibiotiklarni noto`g`ri qo`llash oqibatida eshitish qobiliyatini yo`qotish hollari ko`paygan.

Dunyo tajribasida koxlear implant ilk bor 1978 yilda o`rnatilgan. Rossiyada birinchi implant 1991 yilda o`rnatilgan bo`lsada, uni ommaviylashtirish juda sekin kechgan. Masalan, 2005 yilda bor yo`g`i 124 nafar kishiga ana shunday apparatlar o`rnatilgan. Bunga sabab ushbu uskunalarning rivojlanish darajasi pastligi va operasiyalarnig qimmatligi bo`lgan. Lekin oxirgi yillarda kompyuter texnologiyalari rivojlanishi hamda Rossiyada ushbu operasiyalar davlat tomonidan moliyalashtirilishi tufayli o`tan yilda 8000 mingdan ortiq kishiga koxlear implant o`rnatilgan. Operasiyaning o`rtacha narxi 30-35 ming dollar.

    Boshqa yangiliklar