AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV GERMANIYaDA 11 YIL IShLAB QORAQALPOG`ISTONGA QAYTGAN DOKTORGA KAPTIVA SOVG`A QILDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV GERMANIYaDA 11 YIL IShLAB QORAQALPOG`ISTONGA QAYTGAN DOKTORGA KAPTIVA SOVG`A QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xo`jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo`lgani haqida ma`lumot berib o`tgan edik.

Prezident markazda “Panaev Farms” fermer xo`jaligi rahbari Qutlimurat Panaev bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Q.Panaev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo`yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog`istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menedjer lavozimida ishlayotganini aytdi.

A.Qurbanov yaqinda yosh fermerlar uchun o`quv-seminarini o`tkazishni rejalashtiryapti.

Shavkat Mirziyoev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun Kaptiva avtomashinasini sovg`a qildi. Bu haqda yaqin orada batafsil ma`lumot beramiz.

    Boshqa yangiliklar