Nyu-Yorklik Kerol Sachmen ismli ayolning ajoyib odati bor.
U har bayramda turli xil o`yinchoqlar sotib olib, ularni muhtoj oila bolalariga sovg`a qiladi. Bu safar ham o`yinchoq sotib olish uchun do`konga boradi va uning inqirozga yuz tutganidan xabar topadi. Shunda Kerolning xayoliga bir fikr keldi. U kambag`al oila farzandlarini yanada quvontirish maqsadida do`konni o`yinchoqlari bilan birga sotib olib, sovg`a qildi.






