Labga uchuq chiqqanda ushbu tavsiyalar orqali samarali muolaja qo`llashingiz mumkin:
- Bir choy qoshiq qora choyni yarim stakan qaynoq suvga damlang. Soviguncha dam esin. Sovigan choyga paxtani yumaloqlab namlang va uchuqlarga qo`ying. Muolajani 3-4 kun davomida kuniga bir necha mahal takrorlang.
- Kasallik boshlangan zahoti shikastlangan joyga paxta moyini surting. Labingiz kuygandek biroz achishishi mumkin. Muolajani kechasi har 2 soatda takrorlang.
- Paxtani kamfora moyiga namlab, kuniga bir necha mahal uchuqqa surting.






