AsosiyJamiyat

TOShKENTDA “BUYuK IPAK YO`LIDAGI KARVON” MAJMUASI OChILDI

'TOShKENTDA “BUYuK IPAK YO`LIDAGI KARVON” MAJMUASI OChILDI'ning rasmi

Toshkent shahriga kirib kelishda “Buyuk ipak yo`lidagi karvon”, deb nomlangan haykallar majmuasiochildi.

Toshkent shahriga kirib kelishda “Buyuk ipak yo`lidagi karvon”, deb nomlangan haykallar majmuasi ochildi. Majmuada ramziy quduqdan yo`lga tushgan, tuyalardagi savdogarlar karvoni tasvirlangan.

Ushbu majmuaning uzunligi 80 metrni tashkil qiladi. Majmua muallifi haykaltarosh Pavel Makarov bo`lib, Sodiq Namozov esa unga yordamlashgani xabar qilingan.

Bu majmuaning ochilishiga bag`ishlangan anjumanda Chilonzor tuman hokimi Davron Hidoyatov, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasining raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etishdi.

Mazkur majmua, Chilonzor tumanida turistlarga mo`ljallangan ko`chaning boshlanishi bo`ladi va yangi ochiladigan turistik yo`nalishlarga qo`shiladi.

    Boshqa yangiliklar