AsosiyDunyo

GERMANIYa EVROPA QO`ShMA ShTATLARI TAShKIL ETISh TARAFDORI

'GERMANIYa EVROPA QO`ShMA ShTATLARI TAShKIL ETISh TARAFDORI'ning rasmi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel 2025 yilda Evropa Qo`shma Shtatlarini tashkil etish to`g`risidagi fikrni qo`llab-quvvatladi. Avval bu tashabbus bilan uning partiyadoshi, Germaniya ijtimoiy-demokratiya partiyasi raisi Martin Shulschiqqan edi.

Evropa ittifoqi rivojlanishining aniq konsepsiyasi yo`qligi uchun siyosatchilarning tanqidlariga javoban “Martin Shulsda Evropani kelgusida qanday rivojlantirish lozimligi to`g`risida fikr paydo bo`lishi bilan hamma unga tashlana boshlashdi”, deb aytadi Germaniya Tashqi ishlar vaziri.

Shuls Evropa Ittifoqini “fuqarolarning manfaatlarini ifodalovchi”ga aylantirish tarafdori. «Bu esa haqiqatdan ham muhim», deb ishonch bilan ta`kidladi Gabriel.

Mazkur g`oyani amalga oshirish imkoniyati Germaniya hukumatining boshqa vakillari tomonidan e`tirozli qabul qilindi. Misol uchun, Germaniya Federativ Respublikasi Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayenning ma`lum qilishicha, Shulsning g`oyasi uning nabiralari uchun “faqatgina kelajak avlod uchun haqiqiydir”, deb xabar beradi rg.ru nashri.

    Boshqa yangiliklar