AsosiyJamiyat

TOShKENTDAGI GAGARIN KO`ChASIDA KATTA O`ZGARIShLAR YuZ BERADI

'TOShKENTDAGI GAGARIN KO`ChASIDA KATTA O`ZGARIShLAR YuZ BERADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish bo`yicha davlat qo`mitasi va Chilonzor tumani hokimiyati tuman chetida kichik sayyohlik klasterini yaratish bo`yicha ishlarni boshladi. Bu haqda “Kun.uz nashri xabar beromqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yuriy Gagarin ko`chasini ixtisoslashtirilgan turistik ko`chaga aylantirish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, sayyohlar u erda xaridlarni amalga oshirishi, ko`ngil ochishi va mazali taomlardan bahramand bo`lishi mumkin. Loyiha doirasida brend do`konlar, umumiy ovqatlanish muassasalari, suvenirlar do`konchalari, hunarmandlar ustaxonalarini ham ochish mo`ljallanmoqda.

Ko`chada kabutarlar maydoni ham barpo etiladi, u erda fuqarolar va turistlar kabutarlarni qo`lda oziqlantirishi mumkin. Bundan tashqari, doimiy asosda madaniy-ko`ngilochar tadbirlar tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar