Zarur masalliqlar: 200 grammdan qaynatilgan krevetka (yoki dudlangan tovuq go`shti) va pishloq, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 tadan qizil va sariq bulg`or qalampiri, mayonez, ko`katlar, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Bulg`or qalampirlarini to`rtburchak shaklda to`g`rang. Pishloq, tuxum oqi va sarig`ini qirg`ichdan o`tkazing.
2. Salat likopchasiga avval bulg`or qalampirini soling. Tuz sepib, ustini mayonez bilan qoplang. So`ngra krevetkalarni joylashtirasiz. Tuz va murch sepib, mayonez surting.
3. Masalliqlarga qirg`ichdan chiqarilgan pishloqni qo`shing. Yuzasini tekislab, mayonez surting. Tuxumni avval, sarig`ini so`ng oqini ishlating (sarig`idan 2 osh qoshiq olib qolsangiz, bezak uchun foydalanasiz).
4. Salat yuzasiga tuz va murch seping-da, mayonez surting. Tuxum sarig`i, bulg`or qalampiri, ko`katlar va sabzi bilan suratdagi kabi bezating.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
8 kishilik






