AsosiySUG'DIYONA

«LAYFXAK» ODDIY VA SODDA QOIDALAR

'«LAYFXAK» ODDIY VA SODDA QOIDALAR'ning rasmi

LAYFXAK –oddiy kundalik yumushlar yoki kutilmagan vaziyatlarni murakkablashtirmay, hal etish usuli. Uyda, ishda yoki ko`cha-kuyda har ehtimolga qarshi kerak bo`lib qolishi mumkin.

  • Telefonda so`zlashayotganda suhbatdoshingizning ism-sharifini aniqlashtiring. hatto, uni tanimasangiz va birinchi marta gaplashayotgan bo`lsangiz ham. har ehtimolga qarshi telefon raqamini saqlab qo`ying. Buning uchun «saqlash» buyrug`ini bajarsangiz bo`lgani.
  • Agar uyda chiroq o`chib qolsa, albatta, shamdan foydalansiz. Bordi-yu, sham ham topilmasa-chi? U holda ingichka makaronni 5 daqiqa olovda ushlab turing. Makaron asta yonib, kichik alanga hosil bo`ladi.
  • Ish joyingizda qulay poyabzalingiz bo`lsin. harna kerak bo`lib qoladi. Agar baland poshnali tufli yoki etik oyoqni og`ritsa yoki siqsa almashish uchun olib qo`yganingiz asqotadi.
  • Manikyur qilgach, shoshilinch ishingiz chiqib qolsa, lak surtilgan tirnoqni sovuq suvga solib turing. 5 daqiqadan so`ng bo`yoq qotadi.
  • Sumkangizda uyali apparatni quvvatlantiruvchi moslama bo`lsin. Bittasi uyda ikkinchisi ishxonada yoki sumkangizda bo`lsa, har qanday vaziyatda uyali telefoningiz o`chib qolmaydi.
  • To`shak yostiqlari puchqayib qolganligi yoqmayotgan bo`lsa, 30 daqiqaga ochiq havoga olib chiqing. Quyosh nurida yaxshilab to`lishadi.
  • SMS yozayotib, uni boshqa raqamga jo`natib yuborsangiz «endi nima qilaman» deya tashvishlanmang. Darhol uyali apparatning «sozlash» bo`limiga kirib, «aviarejim»ni ishga soling. Shunda adashib yo`llangan SMS manzilga etib bormaydi. Sizga esa bu haqida «Failure to deliver» xabari keladi.
  • Gazlangan ichimliklar yoki sharbatlarni qisqa fursat ichida muzday ko`rinishga keltirish uchun idishini nam sochiqqa o`rang-da, yaxxonaga qo`ying. 15 daqiqada yaxdek bo`ladi.
  • Mikroto`lqinli pechdan foydalanadiganlarga tanish holat: qurilmaga qo`yilgan idishning markazi chetiga qaraganda yaxshi isimaydi.Muammoni hal etamiz! Taomni likop markaziga kamroq, chetiga esa ko`proq qilib joylashtiring. Shunda taom yaxshi isiydi.

Boshqa yangiliklar