AsosiySUG'DIYONA

BAYRAMGAChA OZAMIZ!

'BAYRAMGAChA OZAMIZ!'ning rasmi

Yangi yilda chiroyli qomat sohibasi bo`lishni xohlaysizmi? Qorbobo yordam berishidan umidvor bo`lyapsizmi? Ishonavering, agar uning shunday qobiliyati bo`lganida, avval o`zining mesh qornidan xalos bo`lardi. Gapim rost, fitnesga qatnashib yurgan Qorbobolarning ko`pini ko`rganman! Shu sababdan tashabbusni qo`lga oling-da, harakatni boshlayvering.

Avvaliga ortiqcha vazndan tezroq xalos bo`lish uchun ko`pchilikka mos parhez haqida ma`lumot berishga qaror qilgan edik. Ammo yaxshilab o`ylab ko`rib, hozir parhezga o`tirib olsak bayram oqshomi to`kin dasturxonidagi mazali taomlaru, pishiriqlar tufayli ortiqcha vaznga yana osongina asir bo`lish mumkin, degan xulosaga keldik. Shu sababdan tantanaga qadar tanimizni ochlikka mahkum qilmasdan ortiqcha santimetrlarni ketgazamiz.

KARAMLI SALATGA NIMA DEYSIZ?

Dasturxonimizning eng kamsuqum mahsuloti karam nafaqat do`lma uchun, balki ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lish uchun ham to`g`ri keladi. Uning shapaloqdek barglari ketchatkaga boy bo`lgani uchun organizmdan tiqinlarni chiqarib yuboradi. Bundan tashqari moddalar almashinuvini yaxshilashiga yordam beruvchi birikmalari ham bisyor. Karamning tarkibidagi xolin moddasi esa yog`larni jigar va oshqozonga ziyon keltirmasdan singishiga yordam beradi. Demak, taomnomamizni karamli salatlar bilan boyitamiz

BODRING ENG, ORTIQChA SUVDAN XALOS BO`LING!

Tanamizdagi suvlar ham bizni do`mboq ko`rsatishi mumkin. Shu sababdan tez ozish niyatidagilar ortiqcha suyuqlikdan qutulish yo`linishi ham o`ylashlari lozim. Buning uchun siydik haydovchi dorilarni iste`mol qilish shart emas. Shunchaki kuniga yarim kilogramm bodring tanavvul qilishning o`zi kifoya. Chunki bodring suyuqlik bilan birga tanamizdagi tuzlarni ham chiqarib yuboradi.

KELING, RAQSGA TUShAMIZ!

Bayram yaqin, raqs esa ham kalloriyalarni parchalaydi ham kayfiyatni xushlaydi. Bayram kuni esa fikrni to`kin dasturxondan chalg`itishga ko`maklashadi. Shuning uchun raqsga taklif qilinsangiz aslo rad eta ko`rmang.

TANAGA IShONIShNI O`RGANING

Aytaylik har gal taom iste`mol qilish oldidan qanchali ochiqqanligingizni 10 ballik darajada baholang. Taom tanovul qilishdan avval, qila turib va qilib bo`lgach «ishtaham qondimi?» degan savolga javob bering. 1 ball – umuman och emasman, 10 ball – o`lguday ochman, xo`sh, javobingiz qanday? Zinhor 10 ballga yaqinlashmang. Agar ishtahangiz 5 balldan past bo`lsa, shirinliklardan voz keching. Faqat o`zingizni aldamang!

TAOMLANIShDAN AVVAL BIR PIYoLA SUV IChING

Birinchidan, bu ochlik hissini biroz susaytiradi. Ikkinchidan, oshqozonni band qilib taomga kamroq joy qoldiradi. Uchinchidan esa ichaklarni bir sidra tozalab, moddalar yaxshi singishi uchun zamin hozirlaydi.

«TA`TIB KO`RISh» ODATIGA ChALG`IMANG!

Yangi yil dasturxoniga pishiriq yo shirinlik tayyorlayotib, bir bo`lak eb ko`rishdan o`zingizni tiying. Kremli qo`lni og`izga yaqinlashtirish odati bilan jiddiy kurashing. Buning uchun esa har safar barmoqlaringizga krem tekkanida piyolaga sidirib olishdan erinmang. Tortni bezatib bo`lgach o`zingizni qancha kalloriyadan himoyalaganingizni piyolaga qarab aniqlashingiz mumkin.

Saodat tayyorladi.

Boshqa yangiliklar