Geofiziklar suv osti seysmografi yordamida akustik anomal holatni qayd etishdi, ular okean tubidagi erkin tebranishlar tufayli yuz bergan. Tegishli tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalida e`lon qilindi.
Ularni eshitish imkoniyati inson qulog`ining qabul qilish minimal to`sig`idan o`n ming marotaba kamroq bo`lgan. Ilk bor shunday fenomen 1998 yilda hujjatlarga kiritilgandi, biroq o`shandan beri uning kelib chiqish sababi noma`lumligicha qolmoqda. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, “shovqin” hattoki nol darajali seysmik faollikda ham kuzatiladi.
Yangi ma`lumotlar Fransiya va Germaniyadan bo`lgan hamda Parijdagi Er fizikasi institutilik Marta Din boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan olindi. Geofiziklar Hind okeani tubidagi tebranishlarni 4540 va 4260 metrlik ikki nuqtada o`lchashdi hamda chastotasi 2,9 dan 4,5 milligers bo`lgan doimiy tovush to`lqinlarini aniqlashdi.
Tadqiqotda fenomenni tushuntirib berishi mumkin bo`lgan bir necha farazlar ham taqdim etildi. Xususan, olimlarning taxminicha, “shovqin” yoki atmosfera va er qobig`i o`rtasidagi akustik rezonans sababli, yoxud qattiq yuzaning okean to`lqinlari bilan o`zaro aloqasi tufayli paydo bo`lishi mumkin.






