Xalq ta`limi vazirligi tomonidan har yili an`anaviy tarzda 20 noyabrdan – 20 dekabrgacha huquqiy-targ`ibot oyiligi tashkil etilib, oylik doirasida Bosh qomusimizning mohiyatini ochib berishga, o`quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy-ma`rifiy, madaniy tadbirlar intellektual musobaqalar, uchrashuvlar, ijodiy kechalartashkil etiladi.
O`quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublika Konstitusiyasining mazmun-mohiyatini puxta o`rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko`rgazmali vositalarda ifodalash, ta`lim muassasalarini ma`naviy-ma`rifiy, huquqiy - axloqiy mazmundagi ko`rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo`lga qo`yish, pirovard natijada o`quvchilar va aholining huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarini bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida 2001 yildan buyon har yili an`anaviy tarzda «Konstitusiyamiz baxtimiz poydevori» Respublika ko`rik -tanlovi o`tkazilib kelinmoqda.
Joriy yildan yangilik sifatida O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to`g`risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini o`quvchilarga ongiga singdirish maqsadida tegishli qo`llanmalar ishlab chiqilib hududlarga etkazildi va ko`rik-tanlov mazmuniga qonun targ`iboti bilan bog`liq bo`lgan mavzular kiritildi.
“Konstitusiya – baxtimiz poydevori” ko`rik-tanlovi to`rt bosqich – maktab, tuman (shahar), viloyat hamda Respublika bosqichlarida o`tkazildi.
Tanlovning tuman va viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan iqtidorli yoshlar shu yilning 6 dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta`lim maktabida bo`lib o`tgan respublika bosqichida qatnashdilar. Shuningdek, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko`rgazmasi tashkil etildi va tanlovining respublika bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Hakamlar hay`ati tomonidan o`quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o`rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko`ra xolis baholandi.
Ko`rik-tanlovning Respublika bosqichi g`oliblari Xalq ta`limi vazirligining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Tanlovda o`zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan mukofotlandi
"Konstitusiya – baxtimiz poydevori - 2017” ko`rik-tanlovi g`oliblari
Insholar yo`nalishida
1-o`rin – Qurbonova Muxlisa Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 14-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
2-o`rin – Husniddinova Iroda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi
3-o`rin – Mirzabekova Nilufar Qorqalpog`iston Respublikasi Nukus tumanidagi 21-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
Tasviriy san`at yo`nalishida
1-o`rin – Saydakbarova Dildora Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 30-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi
2-o`rin – Shokirova Gulxayo Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 66-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi
3-o`rin – Rahimova Guli Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 34-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi






