AsosiyJamiyat

FVV VAZIRI “QAMChIQ” DOVONINING QIShGA TAYYoRGARLIGINI TEKShIRDI

'FVV VAZIRI “QAMChIQ” DOVONINING QIShGA TAYYoRGARLIGINI TEKShIRDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev A-373 avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonidan o`tgan qismida 2017-2018 yillar qish mavsumida transport vositalarining uzuluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan, qish mavsumida ob-havoning noqulay sharoitida “Qamchiq” dovonidan o`tuvchi yo`lovchilar uchun Toshkent viloyatining Angren shahri, Ohangaron tumani hamda Namangan viloyatining Pop tumanida tashkil etilgan fuqarolarni qabul qilish punktlari holati va yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi ko`zdan kechirildi.

Shuningdek, A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonining barqaror faoliyat ko`rsatishini, dovon orqali avtotransport vositalari va yo`lovchilarning xavfsiz hamda uzluksiz harakatlarini ta`minlashga jalb etilgan xizmatlarning texnikalari sozligi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning tegishli asbob-uskunalar bilan ta`minlanganligi holati ham tekshirildi.

Qish mavsumida A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonining uzluksiz faoliyat ko`rsatishi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar