O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yurt bayramlariga qanday hozirlik ko`rishni, qanday sovg`a tayyorlashni yaxshi biladi. Xonanda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga atab “Qalblarda Vatan” nomli yangi qo`shiq yaratdi. Bu haqda qalampir.uz xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov: “Eng go`zal va dilbar qo`shiqlar Vatan haqidagi qo`shiqlardir. Bunday jozibador qo`shiqlar el-elatlarni birlashtiradi, ularni tinch-totuv yashashga, Vatanni har tomonlama yuksaltirishga, ko`z qorachig`idek asrab-avaylashga va ko`ksini qalqon qilishga da`vat etadi. Zamonlar o`taveradi, ammo Vatan abadiydir. Vatanni sevish, suyub-ardoqlash, bor vujuding bilan jo`shib kuylash esa eng oliy baxtdir”, degan edi.
Vatanni madh etishda, u haqida eng go`zal qo`shiqlar yaratishda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga etadigani bormi? Uning bundan 10-20-30 yil avval yaratgan qo`shiqlari hamon tillarda, hamon musiqasi yangradi deguncha, qo`shiqchiga jo`r bo`lamiz. “Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston”, “Nima qildik Vatan uchun?”, “Elda bo`lsin”, “Xalq bo`l, elim” nomli qo`shiqlarni tinglaganimiz zahot qalbimizda Vatanga bo`lgan cheksiz muhabbatimiz yanada jo`sh uradi.
O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yurt bayramlariga qanday hozirlik ko`rishni, qanday sovg`a tayyorlashni yaxshi biladi. Xonanda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga atab “Qalblarda Vatan” nomli yangi qo`shiq yaratdi.
Ushbu qo`shiq she`ri so`nggi vaqtlarda Yulduz Usmonovaning doimiy hamkoriga aylanib qolgan Amir Xudoyberdiga tegishli. Musiqani esa Yulduz Usmonovaning o`zi yozgan. Qo`shiqqa musiqiy sayqalni G`ulom Tursunov bergan.






