AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA TEZKOR DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI TAShKIL ETILADI

'O`ZBEKISTONDA TEZKOR DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI TAShKIL ETILADI'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining xalq qabulxonalari asosida Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etiladi. Bu haqda Konstitusiyaning 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoev ma`lum qildi.

Yangi agentlik tuzilmasi Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga aloqador bo`ladi. U barcha davlat idoralari va Adliya vazirligi huzuridagi «Yagona darcha» markazlari tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlarni o`zida birlashtiradi.

«Ana shunday tizimni yo`lga qo`ysak, o`ylaymanki, xalqimizga katta engillik yaratiladi, odamlar bizdan rozi bo`ladi», - dedi Shavkat Mirziyoev. U hukumatga 15 kun muddatda ushbu masala bo`yicha Prezident qarori loyihasini kiritish vazifasini topshirdi.

Prezident virtual qabulxona, so`ngra davlat rahbarining xalq qabulxonalari ochilgandan buyon 1,5 milliondan ziyod murojaat o`rganib chiqilganini qayd etdi.

«Barchamiz yaxshi tushunamiz, xalqimizning hayot darajasi o`sishi, ko`pgina muammolar hal qilinishi bilan Xalq qabulxonalariga murojaatlar kamayib boradi. Shuning uchun bu qabulxonalar imkoniyatlarini biz davlat xizmatlarini ko`rsatish sohasiga yo`naltiramiz», - deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar