Tinch okeanidagi Kokos orollari qirg`og`ida amerikalik ayolga akula hamla qildi. Bir necha marotaba jarohat etkazishga ulgurgan yo`lbars-akula dastlab dayverlarga hujum qilgan. Ayolning hayotini saqlab qolishga uringan instruktor qattiq tan jarohati olgan. Hozirda uning ahvoli og`ir. Garchi ayolga dastlabki tez tibbiy yordam ko`rsatilgan bo`lsa-da, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo`lmadi. Bu haqda hozirgina "Sky News" xabar berdi.
Ma`lumot o`rnida yo`lbars-akulalar 4,6 metrgacha uzunlikda bo`lishadi, ularning og`irligi o`rtacha 800 kilogrammni tashkil etadi.






