AsosiyShou-biznes

Oybek Nigora uchun “qurbon”liklar qildi...

8 mart... Bu bayramni ayollar qanchalik xayajon bilan qarshi olsa, bu kun erkaklar uchun his-hayajonsiz o`tmaydi. Biz erkaklar erta tongdan eng chiroyli gullarni harid qilish, kutilmagan sovg`alar tayyorlash, kerak bo`lsa ayollar uchun bu  kunni oshxonada o`tkazishga ham rozimiz! Bularning bari qalb qo`rimizdan joy olgan ayollarimizning quvonchi uchun.

Xonanda Oybek ham bu kunni munosib nishonlash uchun ayollardagi eng injiq odatlarning sakkiztasiga rozi bo`lib, o`z Nigorasi uchun hamma narsaga tayyor ekanini isbotladi. Bayram munosabati bilan maxsus tayyorlangan “Siz uchun...” loyihasida o`zingiz bunga guvoh bo`lasiz...

Nigora Ismoilova, xonanda:

— Oybek oxirgi bor nima sovg`a bergani esimda yo`q. O`zi yaqindagina xafalashib qolgandik. Agar bayramda men unga qo`ygan shartlarimni bajarsa, balki uni kechirarman...

U hech qachon meni kiygan liboslarim bilan qiziqmaydi. Hatto “Libosingiz yarashibdi!” ham demaydi. Shuning uchun:

1. Meni do`konga olib borib, tanlagan liboslarimni narxiga qaramay olib bersin;

2. Oybekning vaznidan havotirdaman. Ko`z o`ngimda men aytgan mashqlarni bajarsin (Men buyurgan mashqlarni 10 tadan 3 tasini ham qila olsa-a-a)!

3. Men kerakmanmi? Kutsin!

4. Sochimni tanqid qilishni “qotiradi”. Qani bi-i-r soch turmaklab ko`rsinchi.

5. Haydovchilik guvohnomam Oybekni deb chang bosib yotibdi. Qachongacha mashina boshqaradigan ayollarga havas bilan boqaman. Men ham mashina hayday.

6. Oybek uchun atalgan eng nozik shartim — uni eng yaxshi ko`rgan narsasidan mahrum qilaman. Xo`sh, men bilan futbol emas, serial ko`rishga sabri etarmikin?

7. Siz bilmaydigan bir sirni ochaman! Oybekni 10 daqiqa ham bolalar bilan birga qoldirib bo`lmaydi. Yo o`zi ham bolaga aylanib, bolalar bilan narsa talashadi yoki...

8. Oybekning qo`li menikidan ham shirinligini bilaman. Lekin uning erkaklik g`ururi oshxonada ayol kishi uchun kuymalanishga yo`l qo`ymaydi.

Qamariddin Shayxov tayyorladi.

Fotomuxbir: Ravshan ShOKIROV

    Boshqa yangiliklar